Surxondaryoda Cobalt haydovchisi ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

24 dekabr kuni tonggi soat 06:30 lar atrofida M-41 xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumanidan o‘tuvchi qismida tezlikni oshirib kelgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida turgan ikki nafar fuqaroni urib yuborgan. O‘zi esa ag‘darilgan.

Oqibatda fuqarolarning biri shu joyning o‘zida halok bo‘lgan. Yana biri esa shifoxonaga jo‘natilgan.

Haydovchi boshqargan mashina tekshirib ko‘rilganda so‘nggi 40 kunda 8 marta tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani aniqlangan.