O‘zbekistonda 2023 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2023 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan va dam olish kunlari belgilandi. Xususan, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi.

«Bunday ishlay olmas ekanman». Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining eng mashhur deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. «Bunday ishlay olmas ekanman, bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman», — deb yozadi u.

Rasul Kusherbayev: «Parlamentga nisbatan bunday munosabatdan juda xafaman»

Deputat Rasul Kusherbayev Qalampir.uz`ga bergan intervyusida «ayrim idora va rahbarlar»ning parlamentga munosabatidan juda xafa ekanini aytdi. «Biz o‘zgarishlarni xohlaymiz. Ammo ko‘p joylarda ikkiyuzlamachilik bo‘lib yotibdi», dedi u va hech kimni ayblamasligini, lekin o‘zi aybdor ekanini qo‘shimcha qildi.

Nuriddin Zaynitdinov ham deputatlikdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi

Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov partiyadoshi Rasul Kusherbayevdan keyin deputatlikdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi. «Bu qaror vaqt masalasi edi», deb yozgan u. Avvalroq u bosim va provokatsiyalarga uchragani haqida xabar bergan edi.

Toshkent viloyatida 60 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi

Toshkent viloyatining Krasnogorsk qishlog‘ida bir nechta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 57 tup sog‘lom ko‘p yillik daraxt kesib ketildi. oktabr oyida tuman obodonlashtirish bo‘limi 73 ta qurib qolgan yoki qurib qolgan daraxtni kesish uchun DXAdan ruxsat so‘ragan. Quyi Chirchiqda ham 7 tup daraxt kesildi.

Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dam olish kunlari kam bulutli iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni esa mamlakat hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo +7…+10 daraja, janubda +11…+13 darajagacha iliydi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 23 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 270 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 280 so‘m.

Panorama Airways Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

22 dekabr kuni Panorama Airways kompaniyasi 144 yo‘lovchidan iborat havo kemasida Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk aviaqatnovni amalga oshirdi. Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23 dekabr kuni Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Andijonda uy yonib ketishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘ldi

Andijonda xonadon yonib ketishi oqibatida uy egasining 3 nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘ldi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Qeshm Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Eronning Qeshm Air kompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha kelishuvga Eron prezidentining sentabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi.

Jizzaxdagi bozorda o‘rnatilgan archa yonib ketdi

Jizzax shahridagi Markaziy dehqon bozori hududida archa yonib ketdi. Yong‘inga bezak sifatida o‘rnatilayotgan chiroqlar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Voqeada fuqarolarning kuyish tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Toshkentda shaxsiy mashina ko‘payib ketdi — Po‘lat Bobojonov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov poytaxtda shaxsiy mashinalar ko‘payib ketganini, ertalab ishga borishda va kechqurun qaytishda «tirbandliklar sabab umuman yurib bo‘lmay qolganini» aytdi. «O‘zining mashinasidan ko‘ra, jamoat transportida tezroq boraman deb bilsa, tirbandliklar ham kamayadi», — dedi u.