SHXT sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi, deya xabar qildi shahar IIB matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan, 14 sentabrdan 17 sentabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.

Xaritada YPX postlari raqamlar bilan, vaqtincha yopilgan yo‘llar qizil chiziqlar bilan, yuk mashinalari uchun aylanma yo‘llar yashil chiziq bilan, avtomobillar uchun qo‘shimcha aylanma yo‘llar esa yashil nuqtali chiziq bilan ko‘rsatilgan. Kattalashtirish uchun bosing. PDF xarita.

Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

«️14−15−16 va 17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirishlarini so‘rab qolamiz. Boisi, shu kunlari Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi», — deyiladi xabarda.

Sammit kunlarida Samarqandga kirish yo‘llari yopiladi, tranzit avtomobillar uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Shuningdek, haydovchilar uchun maxsus marshrut bo‘ylab qaysi haydovchilar o‘z manziliga yetib borishini skanerlash orqali QR kodli flayerlar ishlab chiqilgan.

Avvalroq Samarqand aeroporti 14−16 sentabr kunlari tijoriy yo‘lovchi va yuk tashuvchi reyslarni qabul qilmasligi haqida xabar bergan edik.