Sayohatchilarga Misrga kirish uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki testlarini taqdim etish talab etilmaydi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qirg‘iziston 1 maydan boshlab manfiy PZR-testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikati mavjudligi haqidagi talabni olib tashladi, mazkur talablar iyun oyida Qozog‘istonda hamda AQShda (faqat havo yo‘li oqrali) yo‘lovchilar uchun bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, 10 iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Unga ko‘ra, manfiy natijali PZR-test hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab etilmaydi.