«cheklovlar» tegli maqolalar


Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda
22 fevral 2024, 12:28

Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda

Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.

Markaziy bank bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishini chekladi
19 dekabr 2023, 12:25

Markaziy bank bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishini chekladi

Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagani va makroprudensial vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani sababli bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishiga cheklovlar kiritdi. Shuningdek, regulyator 4 ta bank va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima qo‘lladi.

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy qilinadi
5 yanvar 2023, 18:27

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar joriy qilinadi

Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida «tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda» jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi.

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi
17 iyun 2022, 16:54

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi

Mirs mamlakatga kirish uchun manfiy PZR-test ma’lumotnomasi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat mavjudligi haqidagi talabni bekor qildi.

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar — ro‘yxat (yangilandi)
3 mart 2022, 18:29

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar — ro‘yxat (yangilandi)

Apple, BMW, Lego, Ikea, Canon, FedEx kabi logistika, raqamli texnologiyalar, onlayn-do‘konlar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi global kompaniyalar Ukrainadagi urush ortidan Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda.

Transport kartasi bo‘yicha harakatlanishlar soni cheklanmaydi — Transport boshqarmasi
13 dekabr 2021, 21:22

Transport kartasi bo‘yicha harakatlanishlar soni cheklanmaydi — Transport boshqarmasi

Toshkent shahar jamoat transportida transport kartasi bilan harakatlanishlar soniga cheklov o‘rnatish rejalashtirilmayapti, deb ma’lum qildi poytaxt Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev.

Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlardan kelganlar karantinga joylashtiriladi
1 dekabr 2021, 13:46

Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlardan kelganlar karantinga joylashtiriladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Italiya, Misr va boshqa ayrim davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotganlar o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi. Xorij davlatlaridan mamlakatga keluvchilarning barchasi koronavirusga PZR test natijasi manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnomaga ega bo‘lishi lozim.

Sog‘liqni saqlash vazirligi karantin cheklovlari bekor qilinganini rad etdi
12 iyul 2021, 20:42

Sog‘liqni saqlash vazirligi karantin cheklovlari bekor qilinganini rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan karantin cheklovlari bekor qilingani haqidagi xabarlar haqiqatga zid, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar ma’lum muddatga emas, balki epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar joriy etilgan.

Angliyada koronavirus cheklovlari 19 iyuldan butunlay bekor qilinadi
6 iyul 2021, 11:07

Angliyada koronavirus cheklovlari 19 iyuldan butunlay bekor qilinadi

COVID-19 pandemiyasi tufayli Angliyada joriy etilgan barcha cheklovlar 19 iyuldan butunlay bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. «Biz qonuniy cheklovlardan voz kechamiz va odamlarga virus bilan qanday kurashish to‘g‘risida o‘zlari asosli qarorlar qabul qilishlariga imkon beramiz» — dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson. Sentyabrga qadar mamlakatning barcha voyaga yetgan fuqarolari ikki dozali vaksinalar bilan to‘liq emlanishi ko‘zda tutilgan.

Moskva va Sankt-Peterburgda koronavirus sababli cheklovlar kuchaytirildi
14 iyun 2021, 14:25

Moskva va Sankt-Peterburgda koronavirus sababli cheklovlar kuchaytirildi

Moskvada epidemiologik vaziyatning yomonlashgani sababli 15−19 iyun dam olish kunlari deb e’lon qilindi, 20 iyunga qadar hayvonot bog‘lari va savdo markazlaridagi fudkortlar yopildi, restoran va kafelar kechki payt ishlamaydi. Talabalar imtihonlarni onlayn topshirishadi. Shunga o‘xshash cheklovlar, faqat dam olish kunlarisiz, Sankt-Peterburgda ham joriy qilindi.

1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi
23 mart 2021, 22:05

1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi 1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlarni o‘rnatmoqda. To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilanmoqda. Bundan tashqari, teatr, kino, va konsert dasturlarini tashkil etishda bir qancha cheklovlar ham qo‘yilmoqda.

Yangi yilni oila davrasida kutib olish tavsiya etildi
13 dekabr 2020, 23:26

Yangi yilni oila davrasida kutib olish tavsiya etildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etilmoqda. Shuningdek, vazirlik, davlat idora va tashkilotlariga korporativ bayram tadbirlarini tashkil etish taqiqlandi. “Prezident archasi” bayrami faqat mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkaziladi.

Qozog‘istonga kirish va chiqishga bir qator cheklovlar o‘rnatildi
3 noyabr 2020, 18:25

Qozog‘istonga kirish va chiqishga bir qator cheklovlar o‘rnatildi

Qozog‘istonda mamlakat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Qozog‘istonga kelish va tranzit o‘tish bo‘yicha vizasiz rejim bekor qilindi, Turkiyadan qatnovchi aviareyslar soni kamaytirildi.

O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi
8 iyul 2020, 12:50

O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

10 iyuldan 1 avgustga qadar O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Respublika hududida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Davlat organlari va tashkilotlarning mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi. Parklar, buyum bozorlari, sport zallari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati to‘xtatiladi. Xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting