Otabek Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Nigoh» Telegram kanali xabar berdi.

Shu kunga qadar u investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Choriyev avval ham bojxona tizimida ishlagan. U investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lishidan avval Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan O‘tkirjon Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan bo‘shatilgandi. Keyinroq uning Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.