241 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilindi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining mazkur doiradagi ilk reysi 28 fevral kuni taxminan soat 23:00 da Toshkentga qo‘ndi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.


Mazkur o‘zbekistonliklar Polshaning Katovitse shahridan yetib keldi, u yerda fuqarolar Lvov orqali olib chiqilgan.