«yomg‘ir» tegli maqolalar


Kuchli yomg‘ir tufayli Dubayni suv bosdi, ularni bulut ekish ishlari qo‘zg‘atgan bo‘lishi mumkin — Bloomberg
Kecha, 09:45

Kuchli yomg‘ir tufayli Dubayni suv bosdi, ularni bulut ekish ishlari qo‘zg‘atgan bo‘lishi mumkin — Bloomberg

BAAda so‘nggi 75 yil ichida rekord darajada yog‘ingarchilik kuzatildi. Dubay bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi — ko‘cha, uylar, savdo markazlari va aeroport suv ostida qoldi. Hodisani hukumat qurg‘oqchil iqlimda yomg‘ir chaqirish uchun foydalanadigan bulut ekish ishlari keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, deb yozdi Bloomberg.

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda
15 yanvar 2024, 11:30

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi
12 yanvar 2024, 19:04

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havo massasi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +10…+15 daraja bo‘ladi.

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
8 yanvar 2024, 11:08

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi va bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubda +20 darajagacha ko‘tariladi. Payshanba kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
6 yanvar 2024, 11:18

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
25 dekabr 2023, 12:54

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 26−27 va 29-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, shimolda qorga aylanishi kutilmoqda. Harorat kechalari +2…+7, kunduzi +8…+13 daraja (29-dekabrda +5…+10) iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
10 noyabr 2023, 11:34

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonda 14−17-may kunlari nam va salqin havo bo‘lishi kutilmoqda
12 may 2023, 10:28

O‘zbekistonda 14−17-may kunlari nam va salqin havo bo‘lishi kutilmoqda

14−17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Ko‘plab hududlarda kuchli yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati +17 darajagacha pasayadi.

Qashqadaryo va Jizzaxda qor yog‘di: mevalarni sovuq urgan bo‘lishi mumkin
6 may 2023, 11:04

Qashqadaryo va Jizzaxda qor yog‘di: mevalarni sovuq urgan bo‘lishi mumkin

Shanba kuni Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari bo‘ylab qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Xorazm markazi Urganchda esa 1 sutka davomida 23.7 mm yomg‘ir yog‘ib o‘tgan. “Qor va haroratning nolgacha pasayishi meva va gullarni sovuq urishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — deb yozmoqda O‘zgidromet xodimi Erkin Abdulaxatov.

O‘zbekistonda 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda
4 aprel 2023, 15:35

O‘zbekistonda 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda

Respublika bo‘ylab 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. Ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kuzatiladi.

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet
3 aprel 2023, 17:59

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet

O‘zgidromet 2-aprel kuni Toshkentda deyarli uch soat davom etgan yomg‘ir miqdori turli hududlarda 10 millimetrdan 33 millimetrgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi. Kunlik yog‘ingarchilikning mutlaq rekordi (65 mm) 1990-yil 8-aprelda qayd etilgan. Aprel oyining normasi 63 mm.

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan
3 aprel 2023, 17:55

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan

Yakshanba kuni kuchli yog‘ingarchilik paytida Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan turar joy binosida ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyiga borib, ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha aholi bilan suhbatlashdi.

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi
31 yanvar 2023, 09:44

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi

1−2 fevral kunlari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim viloyatlarda kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi
6 yanvar 2023, 11:36

Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi

O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi
4 noyabr 2022, 16:17

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishda davom etadi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Toshkentda suv toshishining yagona sababi yo‘l va ariqlarga chiqindi tashlanishi bilan bog‘liq — poytaxt hokimligi
2 noyabr 2022, 16:24

Toshkentda suv toshishining yagona sababi yo‘l va ariqlarga chiqindi tashlanishi bilan bog‘liq — poytaxt hokimligi

2 noyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshishi kuzatildi. Shahar hokimligi ushbu toshqinlarga yagona sabab sifatida aholi tomonidan yul va ariqlarga tashlangan chiqindilarni ko‘rsatmoqda. Drenaj tizimining holati haqida esa ma’lumot berilmagan.

Poytaxt hokimligi aholini kuchli shamol va yomg‘irdan ogohlantirdi
19 iyun 2022, 19:13

Poytaxt hokimligi aholini kuchli shamol va yomg‘irdan ogohlantirdi

Yakshanba kuni Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi
17 iyun 2022, 17:40

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.

Dam olish kunlari quruq va juda iliq ob-havo kuzatiladi
6 may 2022, 11:58

Dam olish kunlari quruq va juda iliq ob-havo kuzatiladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi, havo harorati +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 9-may kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda yomg‘ir yog‘adi. 10-mayda esa respublika bo‘ylab kuchli jala quyishi mumkin, harorat esa +23…+28 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
22 aprel 2022, 12:06

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq havo davom etadi, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat biroz pasayib, kunduzi +25 darajadan oshmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting