24 oktabr — O‘zbekiston prezidentligiga bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda prezidentlikka nomzodlar, amaldorlar ham mazkur jarayonlarda ishtirok etishdi. Shuningdek, Senat raisi, hukumat rahbari, vazirlar va viloyat hokimlari prezidentlik saylovlarida ovoz berdi. “Gazeta.uz” ularning barchasini to‘pladi.

Senat raisi Tanzila Narbayeva Toshkent shahridagi 362-saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan kelib, prezident saylovida ovoz berdi.


Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahridagi 520-saylov uchastkasida ovoz berdi. Hukumat rahbari saylov uchastkasiga oilasi bilan tashrif buyurdi.

Foto: Sherzodxon Qudratxo‘ja Facebook sahifasi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Yunusobod tumanidagi 494-saylov uchastkasida oilasi bilan birga ovoz berdi. Bu haqda uning o‘zi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

Foto: MSK axborot xizmati

Vazirlar

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov prezidentlik saylovlarida ovoz berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov

Foto: XTV axborot xizmati

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Toshkentdagi 16-saylov uchastkasida prezident saylovida ishtirok etdi.

Foto: “Yangi O‘zbekiston” nashri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkentdagi 412-saylov uchastkasida oila a’zolari bilan birga ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Foto: Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham prezidentlik saylovida ovoz berdi.

Foto: Ruslanbek Davletov Facebook sahifasi

“Konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalanib, saylovda ovoz berdik”, — deb yozib qoldirdi vazir Facebook`dagi sahifasida.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev oilasi bilan birga saylovda o‘z ovozini berdi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Buxoro shahar “Abduxoliq G‘ijduvoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 73-saylov uchastkasida o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev Toshkent shahri Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 573-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati

Energetika vaziri Alisher Sultanov prezidentlik saylovida ovoz berdi.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ham prezidentlik saylovida ovoz berdi. Bu haqda u Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.


“O‘zbekiston kelajagi uchun ovoz berdim!”, — deya yozib qoldirgan vazir.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Yunusobod tumani “Yubusobod” MFY 14-okrug, 499-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Ivestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati — bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etdi.

Foto: Ivestitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Hokimlar

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahri Iqtisodiyot va qurilish institutida tashkil etilgan 35-saylov uchastkasida rafiqasi Nasiba Abdurahmonova bilan birga prezident saylovida ishtirok etdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasida birinchilar qatoridan prezident saylovida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Nurafshon shahridagi Davlat xizmatlari markazi binosida joylashgan 10-saylov uchastkasida o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Qarshi shahridagi 4-saylov uchastkasida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ovoz berdi.

Foto: 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi matbuot markazi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi binosida joylashgan 269-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahri Shodiyona mahallasidagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan 88-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Jizzax shahridagi 39-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Shayxontohur tumani “Zafarobod” mahallasida tashkil etilgan 410-saylov uchastkasida ovoz berib, prezident saylovida ishtirok etdi.

Foto: Daryo.uz

Bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev Chilonzor tumanidagi 318-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: MSK axborot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov prezidentlik saylovida ovoz berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Shuningdek, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham saylovda ishtirok etdi.

Foto: Komil Allamjonov Telegram-kanali

“Kelajagim uchun ovoz berdim!”, — deb yozadi u.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ham saylovda ovoz berdi.

Foto: Sherzod Asadov Telegram-kanali

“Mamlakatimiz ravnaqi, erkin, farovon, xavfsiz va ishonchli kelajagi uchun!”, — deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovida mamlakatdagi saylov uchastkalarida soat 13:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 52,7 foizi ishtirok etdi.