«amaldorlar» tegli maqolalar


3 nafar hokim va yana 3 mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
20 iyul 2023, 18:58

3 nafar hokim va yana 3 mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi jami 6 nafar mansabdor — Bo‘ston, Qiziltepa va Yakkasaroy tumanlari hokimlari, Antidoping agentligi, Axborotlashtirish bosh markazi va Ipakchilik qo‘mitasi rahbarlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berish choralari ko‘rilmoqda.

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi
22 may 2023, 12:04

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.

O‘zbekistonda amaldorlarning xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi taqiqlandi
13 mart 2023, 09:54

O‘zbekistonda amaldorlarning xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi taqiqlandi

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, amaldorlar O‘zbekistondagi xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin emas. Xorijda olingan sovg‘a qiymati 1,2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lsa, u davlat organi balansiga kirim qilinadi.

Senat raisi, hukumat rahbari, bosh prokuror, vazirlar va viloyat hokimlari prezidentlik saylovida ishtirok etdi
24 oktabr 2021, 17:22

Senat raisi, hukumat rahbari, bosh prokuror, vazirlar va viloyat hokimlari prezidentlik saylovida ishtirok etdi

Oilasi bilan saylovda ovoz bergan Senat raisi va hukumat rahbari, bosh prokuror, vazir va viloyat hokimlarining saylovda ishtiroki, “kelajagi uchun ovoz bergan” Komil Allamjonov — “Gazeta.uz” ularning saylov uchastkasida olingan suratlarini to‘pladi.

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari
6 may 2021, 15:25

«„Sputnik V“ vaksinasi amaldorlar uchun olib kelingan degan qarash juda noto‘g‘ri» — SES boshlig‘i o‘rinbosari

SES boshlig‘i o‘rinbosari COVID-19`ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan «faqat amaldorlar emlanayotgani haqidagi qarash juda noto‘g‘ri» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur vaksina bilan faqatgina 65 yoshdan kattalar emlanishi ko‘zda tutilgan, shu sababli ushbu yoshdan kichiklarga rad javobi berilmoqda. 1 may kuni quyi palata spikeri o‘rinbosari 37 yoshli Odiljon Tojiyev «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting