Prezident Administratsiyasining «Qurilish birlashmasi» (PA QB) davlat unitar korxonasi Toshkent shahri markazidagi Islom Karimov ko‘chasi, 9-uyda joylashgan Oliy Majlis Senatining yangi binosini (tashqi ishlar vazirligining sobiq binosi) rekonstruksiya qilish doirasida bir qator yetkazib berish shartnomalarini imzolagan. Hujjatlar davlat xaridlari portalida e’lon qilindi.


PA QB 22 sentabrda Greenstore kompaniyasi bilan dekorativ gullar va boshqa o‘simliklarni yetkazib berish bo‘yicha 5,2 mlrd so‘mlik shartnoma imzoladi.

sentabr oyida Golden Ganch Mansurjon xususiy korxonasi shartnoma doirasida umumiy qiymati 1,76 mlrd so‘mlik uchta o‘yilgan eshik (darvoza) yetkazib bergan.

Iyul oyida Avangard Tosh kompaniyasi 1,57 mlrd so‘mlik, ya’ni har biri 684 ming so‘mlik 2000 dona sirlangan plitalar (400×400×50 mm, to‘rt qirrali, Nurota granit) yetkazib berishga buyurtma olgan.

Iyun oyida PA QB Khalid-Trade`dan har biri 3,5 mln so‘mlik milliy naqshli 250 dona suvenirlar sotib oldi (jami — 1 mlrd so‘mdan ko‘p).


Senatning yangi binosini («A» va «B» bloklari) rekonstruksiya qilish doirasida, prezident Administratsiyasining qurilish birlashmasi may oyida Qizil Tosh kompaniyasi bilan har biri 79,1 mln so‘m bo‘lgan Moleanos (Portugaliya) marmaridan (jami 1,1 mlrd so‘m) 12 ta qoplamali plitalar va ustunli kapitelni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan.

Shuningdek, Qizil Tosh kompaniyasi 149,6 mln so‘mlik 8 ta Jeltau granit ustunini (har biri 16,2 mln so‘m) va Jeltau granitidan 4 ustunli bazani 90,5 mln so‘mga (har biri 19,6 mln so‘m) yetkazib bergan.


Iyun oyining boshida PA QB High Level kompaniyasi bilan Rasch (Germaniya) dan 300 o‘ram flizelin asosidagi vinil oboylarini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Bir o‘ramning narxi 350 ming so‘m, umumiy summasi — 105 mln so‘m.

May oyida Ipak Yo’li Ceramic kompaniyasiga umumiy qiymati 187,4 mln so‘m bo‘lgan 660 ta devor va 330 ta pol (Xitoy) keramik plitalarini yetkazib berish bo‘yicha buyurtma kelib tushgan.

Rekonstruksiya qilinayotgan Senat binosi «A» blokining umumiy ko‘rinishi.

Loyiha olti qavatli binoni rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi, bu yerda qo‘shimcha inshootlar qurilmoqda. Yangi binoda parlamentning ikkala palatasining qo‘shma majlislari uchun 280 o‘rinli zal joylashadi.