O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan hamda AQSh dasturlari doirasida o‘qitilgan afg‘on uchuvchilari va boshqa shaxslar vatanga qaytarib yuborilishlaridan qo‘rqmoqda, deb yozdi Reuters.

Gap qariyb uch hafta muqaddam Afg‘oniston havo kuchlarining vertolyot va samolyotlarida O‘zbekistonga uchib o‘tgan afg‘on uchuvchilari haqida ketmoqda. 16 avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 585 qurollangan afg‘on harbiylari bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot mamlakat havo hududini noqonuniy kesib o‘tgani haqida xabar berdi (keyinchalik xabar to‘liq tasdiqlanmagan deyildi). O‘shanda kuzatib borish vaqtida O‘zbekistonning MiG-29 va Afg‘onistonning Embraer 314 samolyotlari to‘qnashib ketgandi.

18 avgust kuni «Gazeta.uz» O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida chodirli shaharcha barpo etilgani va u yerga 100 nafardan ziyod afg‘onistonlik qochqin joylashtirilgani haqida xabarberdi. Bundan tashqari, 650 nafar harbiy xizmatchining kovid-markazga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

Reuters reportajida qayd etilishicha, lager qo‘riqchilaridan biri: «Sizlar bu yerda abadiy qolib ketmaysizlar», — deb hazillashgan. «Kutilmagan bu ogohlantirish lagerdagi bexavotirlik tuyg‘usini yanada kuchaytirib yubordi», — deydi afg‘on uchuvchilaridan biri.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on harbiy xizmatchilari qariyb uch haftadan buyon AQSh tomonidan evakuatsiya qilinishlarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. «Bizni qaytirib yuborishsa, 100 foiz aminmanki, bizni o‘ldirib yuborishadi», — degan uchuvchilardan biri.

Uchuvchi Reuters bilan uyali telefon orqali suhbatda o‘zini «o‘zini erkin harakatlanishi qattiq cheklab qo‘yilgan, uzoq vaqt quyosh ostida qolayotgan, oziq-ovqat va dori-darmonlar yetarli bo‘lmagan holatdagi mahbus» kabi his qilayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqt ichida ba’zilar ozib ketgan.

«Go‘yoki qamoqxonadamiz», — degan uchuvchi lagerda taxminan 465 afg‘on borligiни aytgan. «Bu yerda bizda erkinlik yo‘q».

Foto: Maxar Technologies / Reuters.
Avgust oyi oxirida Reuters tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida lager atrofidagi baland devorlarni ko‘rish mumkin, yashash uchun mo‘ljallangan bloklar avvalroq COVID-19 bemorlarini davolash uchun qo‘llanilgan. Lager Termiz shahri yaqinida joylashgan.

Agentlik, shuningdek, kovid-markazdan olingan fotosuratlarni ham e’lon qildi, ularda ikki qavatli yotoqlar bo‘lgan xonalar aks etgan. Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy qo‘riqchilar qurollangan, ayrimlari — to‘pponchalar, boshqalari — yarim avtomat qurollar bilan.

Avgust oyi oxirida Amerikaning The Wall Street Journal nashri rasmiy manbalarga tayanib O‘zbekiston hukumati AQShni bir guruh yuqori malakali afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini mamlakatdan chiqarib yuborishga to‘g‘ri kelayotganidan ogohlantirgani haqida ёзgaнedi. Gazeta buni «Tolibon» harakati talabi bilan bog‘liq ekanini qayd etdi.

Reuters AQShning amaldagi va sobiq davlat xizmatchilari Amerika hukumatining afg‘onistonlik xodimlar va samolyotlarni O‘zbekistondan evakuatsiya qilishdan bosh tortayotganini tanqid qilib, «Tolibon»ning O‘zbekiston hukumatiga bosimi haqida ogohlantirmoqdalar.

Senatning Qurolli Kuchlar Qo‘mitasi raisi, demokrat senator Jek Rid O‘zbekistondagi afg‘on uchuvchilarining ahvolidan qattiq xavotirda ekanini aytdi.

«Bu xodimlar xavfsizligi uchun ham, qimmatli texnik bilimlari va tayyorgarligi uchun ham „Tolibon“ qo‘liga tushmasligi juda muhim», — dedi u agentlikka.

AQSh Davlat departamenti vakilining Reuters agentligiga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar bu masala bo‘yicha sa’y-harakatlarni O‘zbekiston bilan muvofiqlashtirmoqda va afg‘on shaxsiy tarkibi va aviatsiyasi xavfsizligi ta’minlangan. U Afg‘onistonning barcha qo‘shnilarini «afg‘onlarga qochqinlar ta’qibga uchrashi mumkin bo‘lgan mamlakatlarga qaytishiga qarshi xalqaro qonunlarni xurmat qilish» chaqirdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda toliblar hokimiyatga kelishidan oldin ham ularning asosiy maqsadi AQShda o‘qigan ingliz tilida so‘zlashuvchi uchuvchilar bo‘lgan. «Tolibon» jangarilari ularni kuzatib turgan va bazadan chiqqan uchuvchilarning bir nechtasini o‘ldirishgan ham.

«Tolibon» deyarli butun Afg‘onistonni egallashidan oldingi so‘nggi kunlar va soatlarda ba’zi afg‘on uchuvchilari 46 ta samolyotda mamlakatdan chiqib ketishgan. Bu 160 ga yaqin samolyot parkining to‘rtdan biridan ko‘prog‘idir.

Reuters afg‘on uchuvchisiga tayanib, 15 nafarga yaqin uchuvchi Embraer EMB 314 Super Tucano yengil shturmchilarini, 11 uchuvchi — UH-60 Black Hawk vertolyotlarini, 12 uchuvchi — MD-530 vertolyotlarini boshqargani, bundan tashqari, ko‘p sonli Mi-17 vertolyotlari bo‘lganini xabar qildi.

Lagerda o‘nlab uchuvchilardan tashqari, HHK va boshqa afg‘on xavfsizlik kuchlarining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari borligi aytildi. Ayrimlar samolyotlarga oila a’zolari bilan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

«Tolibon» o‘zbek lageridagi afg‘onlarning ahvoliga izoh berish so‘roviga darhol javob bermadi, deyiladi agentlik xabarida. Biroq «Tolibon»ning yuqori martabali yetakchisi Kobul egallanganidan keyin Reuters bilan suhbatda ular uchuvchisiz uchish uskunlari va vertolyotlarni o‘g‘rilab ketishganini aytgan. Lekin u Afg‘oniston samolyotlarining O‘zbekistondan qaytarilishiga ishonch bildirgan.

«Inshaalloh, qolgan samolyotlarimizni olamiz. [Hozir] ular Afg‘onistonda emas «, — dedi u.

«Tolibon», shuningdek, sobiq harbiy xizmatchilarni, shu jumladan uchuvchilarni ham yangi xavfsizlik kuchlariga qo‘shilishga taklif qilishlarini aytgan. «Tolibon» «repressiv qotilliklar bo‘lmaydi», deya ishonch bildirgan.
Reuters uchuvchiga tayanib chorshanba kuni afg‘on xodimlaridan biometrik ma’lumotlarni olish uchun O‘zbekistondagi chodirli shaharchaga AQSh hukumatining rasmiy vakili kelganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik vakillarning paydo bo‘lishi afg‘onlarning kayfiyatini birmuncha ko‘targan, biroq ularga yordam berish-berilmasligi hozircha noma’lum.

Avvalroq Financial Times Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Afg‘oniston qo‘shnilariga (Pokiston, shuningdek, taxminlarga ko‘ra O‘zbekiston, Tojikiston va Eronga) qochqinlarni qabul qilish evaziga 600 mln yevro to‘lab berishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi.