Oylik maoshdan soliqqa ariza yozdirmasdan, majburiy to‘lov ushlab qolinishi bo‘yicha murojaatga xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov munosabat bildirdi.

«Har qanday jamiyatga to‘lovlar, vznoslar, ajratmalar xodimlardan yozma roziligisiz yoki majburlagan holda ushlab qolinishi mumkin emas», — dedi u.

Xalq ta’limi tizimi xodimlari nohaqliklarga duch kelganda 1006 va +998999881006 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raldi. Bundan tashqari, www.ustozovozi.uzedu.uz platformasi yo‘lga qo‘yilib, tizimdagi xodimlarga qilingan nohaqliklar bo‘yicha murojaatlar aniq manzil bilan ko‘rsatilsa, chora ko‘rilishi haqida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xalq ta’limi vazirligi maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar va takliflar portalini (idea.uzedu.uz) ishga tushirgani haqida xabar bergan edik.