O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 30 yanvardagi qarori bilan Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev Qarshi davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dilmurod Nabiyev avvalroq Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod qilingan edi. U vazir sifatida 2018 yilning iyulidan beri ishlab kelayotgan edi.