Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 9 noyabr kuni So‘x tumani Chashma qishlog‘ida qo‘shni davlat fuqarolari bilan suv masalasidagi можарода ishtirok etgan 22 nafar fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqishni boshlaganini ma’lum qilgan edik.

Prokuratura tomonidan 22 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) hamda 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e’lon qilgan edi.

Sud o‘z ishini 16 noyabr kuni davom ettirdi. Kun.uz nashrining xabar berishicha, unda sudya Tojiddin Vahobov dastlab davlat ayblovchisiga so‘z bergan. U o‘z navbatida to‘plangan dalillarga asosan, So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetkazilganini qayd etgan.

Shundan so‘ng, sudya ayblanuvchidan e’lon qilinayotgan ayblovga iqror yoki iqror emasligini so‘rab chiqqan. Ayrim ayblanuvchilar iqror emasligini, ayrimlari esa qisman iqrorligini bildirgan.

Ishni ko‘rish davomida sudya ayblanuvchilar Maxsum Ahmedov, Ravshan Mirsharipov va Nazirjon Jo‘rayevdan 31 may kuni sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari haqida so‘ragan.

Maxsum Ahmedov 31 may kuni soat 14:30 larda voqealar sodir bo‘lishi arafasida uyda bo‘lgani aytadi. U Chashma bulog‘ida odamlar yig‘ilayotganini eshitib, DAMAS rusumli avtomashinaga o‘tirib, to‘polon bo‘layotgan joyga borgani, lekin o‘zbek va qirg‘izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganini ma’lum qiladi. Viloyatning o‘sha vaqtdagi hokimi Shuhrat G‘aniyev janjalli joyga kelgani haqida uyga qaytayotganida eshitganini ta’kidladi.

Ravshan Mirsharipovнинг aytishicha, u tumandagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Chashma bulog‘i voqealarida o‘g‘illarining ham ishtirok etayotganini eshitib, voqea joyiga ularni olib kelish uchun borgan.

Nazirjon Jo‘rayev o‘sha kuni Chashma bulog‘ida janjal ko‘tarilganini mirob qo‘ng‘iroq qilganida bilgan. Ichki ishlar xodimi ham orada telefon qilib qirg‘izlar tomonida tanishi ko‘pligi uchun janjalni bostirishda uning ko‘magi kerakligi haqida aytgan. Ko‘chaga chiqqanida mashinalar Chashma tomonga ketayotgani, u ham o‘z mashinasiga o‘tirib, shu tomon borgani, yo‘lda to‘xtab, har ehtimolga qarshi do‘kondan 2 ta dastkalla (tayoq) olib mashinasiga tashlab qo‘ygani, lekin ularni hodisa joyida ishlatmaganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Jo‘rayev to‘qnashuv joyida o‘spirin bolaning qo‘lida bo‘lgan pichoqni birovga zarar yetmasligi uchun olib qo‘ygan, pichoq yonida turganiga qaramay, ishlatishga ehtiyoj bo‘lmagan. Ikki xalq o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun yelib-yugurib, oqibatda janjalda yaralanib jabr ko‘rgan. U Shuhrat G‘aniyev jabr ko‘rmasligi uchun esa uni xatarlardan himoya qilganini aytib o‘tdi.

Sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglangach, advokatlar ularga savollar bilan murojaat qilgan.

Oliy sud saytining ochiq ma’lumотлариga qaraganda, sud ishida 23 noyabr soat 10:00 ga qadar tanaffus e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Gazeta.uz» avgust oxirida olti nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ular orasida Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiyaga tosh otgan fuqaro ham bo‘lgani haqida yozgan edi.

Olti nafar ayblanuvchi qatorida, shuningdek, 22 yoshli Dadaxon Haydarov [iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik videobloger] va 28 yoshli Dilmurod Maxbubov ham qo‘lga olingan edi. Keyinchalik, 2 senyatbr kuni ular tergov ayblov qo‘ya olmagani bois qamoqdan ozod qilingandi.