Toshkent shahar Yunusobod tumanida yirik YTH natijasida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Bu haqida Toshkent shahar IIV bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

5 noyabr kuni soat 21.00 da Bog‘ishamol va Ch. Aytmatov ko‘chalari kesishmasida «Nexia-3» (davlat raqami 01 W 388 GB) rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 16 yoshli A. B. 20 yoshli Abdulfozil A. boshqaruvidagi «Spark» (davlat raqami 01 Y 739 UA) rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. YTHning taxminiy sababi: «Nexia-3» avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi belgisiga qaramay harakatni davom ettirgan.

«Nexia-3» avtomobili haydovchisi YTH oqibatida yetgan tanadagi shikastlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. YTH tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.