O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov tomonidan tilga olingan Samarqand viloyatida koronavirus bo‘yicha muqobil statistika yuzasidan bayonot berdi.

Agentlik rahbari SSV 5 oktyabr holatida Samarqand viloyatida 143 nafar koronavirus bemori davolanayotganini, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra esa haqiqiy raqam 1155 nafarni tashkil etishini ma’lum qilgan edi.

«Nima uchun biz [statistikani] 10 baravar kamaytirishimiz kerak? Ehtimol, bu korrupsiya emasdir. Buning sabablarini o‘rganishimiz kerak. Samarqand viloyati misolida shuni aytishim mumkinki, barcha viloyatlarda ahvol shunday. Ya’ni, biz statistikani ham, tibbiyot xodimlariga to‘lovlarni ham, tenderlarni ham, davlat xaridlarini ham, eng muhimi, oilaviy aloqalarni [davlat xizmatida] har tomonlama o‘rganishni xohlaymiz», — degan edi u.

Mazkur bayonot «Gazeta.uz»da e’lon qilinganidan so‘ng Akmal Burxonov agentlikning «Feysbuk»dagi rasmiy sahifasida real vaqt rejimida efirga uzatilgan matbuot anjumanida ushbu ma’lumotlarni keltirganiga qaramasdan, agentlik raddiya e’lon qildi.

Xabarda qayd etilishicha, agentlik rahbari tomonidan bildirilgan ushbu fikr COVID-19 bilan davolanayotgan bemorlarning muqobil statistikasi deb talqin qilinishiga asos bo‘lmaydi.

«O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida bugungi kun holatiga 136 nafar bemor COVID-19, qolgan bemorlar esa ORVI, pnevmoniya va boshqa kasallik belgilari bilan davolanmoqda. Shu munosabat bilan, taqdim etilgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar yakunlangandan so‘ng rasmiy bayonot sifatida jamoatchilikka yetkaziladi», — deyiladi xabarda.

«Vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas»

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuotining vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas. Koronavirus statistik ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan olib boriladi va unga maxsus laborator (PZR)tibbiy tekshiruvlar (shu jumaladan, nodavlat tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan test natijalari) orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi, deyiladi xabarda

«Ayrim simptomlar mavjud bo‘lib, koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniya yoki o‘tkir respirator infeksiyasiga chalingan yoki ularga gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi», — deya qayd etdi SSV.

Vazirlik, shuningdek, hozirda mavsumiy yuqumli respirator kasalliklar avj oladigan kuz fasli boshlangani turli virusli kasalliklarning aholi orasida avj olishi ham davolash muassasalaridagi bemorlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi.

«Yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalar hamda yurtimizning qator hududlaridagi Saralash va taqsimlash markazlari, shuningdek, vaqtinchalik „COVID“ shifoxonalarida,jumladan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham bunday bemorlar statsionar sharoitda davolanishmoqda», — deyiladi bayonotda.

Hozirda Samarqand viloyatida 14 ta tuman va 2 ta shahar aholisi uchun 41 ta shifoxonada jami 11 763 shifo-o‘rinlari mavjud. Shundan koronavirusni davolash hamda kasallikda gumon qilingan bemorlar boshqa bemorlardan alohidalash uchun yuqorida ko‘rsatilgan 14 ta tuman va 2 ta shaharda 2 950 ta shifo-o‘rni yaratilgan. Hozirda ushbu shifo-o‘rinlarida koronavirusga gumon qilingan, lekin PZR laborator tekshiruvida tasdiqlanmagan (shu jumladan, klinik simptomlari o‘xshash bo‘lgan mavsumiy yuqumli respirator kasalliklarga chalingan) bemorlarni boshqa turdagi kasalliklardan alohida statsionar davolanishi tashkil etilgan.

«Shu yil 7 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyatda 136 nafar JSST tavsiyalari asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor davolanmoqda. Bu vazirlik berayotgan rasmiy statistikaga mos keladi», — deya qayd etdi SSV.

Bayonotda ta’kidlanishicha, tilga olingan muqobil statistika koronavirus hamda unga gumon qilingan yoki mavsumiy respirator yuqumli kasalliklari mavjud bemorlarning umumiy statistikasi tahlil qilinmagan holda berilgan.

SSV aholi orasida o‘rinsiz carosimaga sabab bo‘luvchitasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni, shuningdek, faqat rasmiy ma’lumotlarga tayangan holda fikr yuritishni so‘radi.

Qayd etish joizki, rasmiy statistikaga ko‘ra, 6 va 7 oktyabr kunlari Samarqand viloyatida birorta ham yangi koronavirus holatlari va sog‘ayish qayd etilmagan.