«bayonot» tegli maqolalar


O‘zbekiston Kobul masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashni qoraladi
18 avgust 2022, 18:46

O‘zbekiston Kobul masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 17 avgust kuni shom namozi vaqtida Kobuldagi masjidda sodir etilgan va 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralab bayonot berdi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

IIV Sevimli telekanali tasvirchisi janjal vaqtida jarohat olganini ma’lum qildi
13 iyun 2022, 10:08

IIV Sevimli telekanali tasvirchisi janjal vaqtida jarohat olganini ma’lum qildi

IIV ichki ishlar xodimlari kaltaklagani aytilgan Sevimli telekanalining tasvirchisi stadionga kirishga uringan olomonning janjali vaqtida jabrlanganini ma’lum qildi. «Jamoat tartibini buzgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

«Qozog‘iston xalqi yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qilish uchun yetarli irodaga egaligiga ishonamiz» — O‘zbekiston TIV
5 yanvar 2022, 20:39

«Qozog‘iston xalqi yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qilish uchun yetarli irodaga egaligiga ishonamiz» — O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Qozog‘iston xalqi beqarorlik avj olishining oldini olishga, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqishiga ishonadi, deyiladi TIV bayonotida.

O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
12 may 2021, 17:44

O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi

O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin mojarosi ishtirokchilarini zo‘ravonlikka chek qo‘yish, Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini — status-kvoga rioya etilishini ta’minlashga chaqirdi.

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi
9 oktabr 2020, 16:05

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari qo‘shma bayonotida Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqirib, barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirdilar.

«Vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas» — SSV
8 oktabr 2020, 13:02

«Vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas» — SSV

SSV koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emasligini ma’lum qildi. Koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan va pnevmaniyaga chalingan bemorlar statistikada hisobga olinmaydi. Avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi rasmiy statistikadan 8 baravar yuqori bo‘lgan muqobilini keltirgan, biroq keyinroq o‘z bayonotini rad qilgan edi.

«San’atkorlarning shaxsiy ishlariga aralashish vakolatiga ega emasmiz» — Madaniyat vazirligi
18 sentabr 2020, 17:50

«San’atkorlarning shaxsiy ishlariga aralashish vakolatiga ega emasmiz» — Madaniyat vazirligi

Madaniyat vazirligi san’atkorlarning karantin qoidalarini buzgan holda to‘y o‘tkazganiga izoh berar ekan, ularning shaxsiy ishlariga aralashish vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi.

Qur’on ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi
10 sentabr 2020, 18:28

Qur’on ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi

«Jinoyat qilgan odamning dinga bo‘lgan munosabati har qanday holatda ham oldingi sahnaga olib chiqilmaslik kerak» — Musulmonlar idorasi Qur’oni karim ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqdagi xabarlarda tilga olingan «imom-xatib», «mulla» so‘zlari «shaxs», deb qayta tahrir qilindi.

Qurbon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi
25 iyul 2020, 13:56

Qurbon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha bayonot berdi. Unda, jumladan, Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting