Toshkentdagi Respublika perinatal markazi karantinga yopildi. Bu haqda yakshanba kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zA,

16 aprel kuni homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U maxsus ajratilgan 3 tug‘ruqxonaga ko‘chirildi. RPM karantinga yopilgan. Hozircha xodim va boshqa homiladorlarda koronavirus aniqlanmadi, deya qayd etdi u.

Avalroq poytaxtdagi 6-tug‘ruqxona, 17-klinik shifoxona hamda 8-oilaviy poliklinika barcha bemorlari, shifokorlari va boshqa xodimlari bilan birgalikda 14 kunlik karantinga yopilgani haqida xabar berilgan edi.