Dizayner va xoreograf Nariman Alimjanov (Grigoryan) o‘limida gumon qilinayotgan shaxs qamoqqa olindi, deya xabar berdi Toshkent prokuraturasi matbuot xizmati. Qo‘lga olinganning ism-sharifi ma’lum qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni Toshkentning Yashnobod tumanida taniqli dizayner Nariman Grigoryanning jasadi ijarada istiqomat qilib kelgan xonadonning mehmonxonasida qotillik alomatlari bilan topilgan edi.

Bosh prokuraturaning «Gazeta.uz»ga aniqlik kiritishicha, dizayner jasadi aniqlangan kundan uch kun muqaddam o‘ldirib ketilgan.

Nariman Grigoryan — taniqli o‘zbek dizayneri, xoreografi, «Todes» guruhi birinchi tarkibining sobiq a’zosi, xalqaro ko‘rgazmalar, tanlovlar va festivallar ishtirokchisi. 2004−2008 yillarda O‘zbekiston Xoreografiya akademiyasida tahsil olgan. U Toshkentda Nariman Grigoryan savdo belgisi ostidagi moda uylariga egalik qilgan.