2018 yil fevral oyidan buyon tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Tavakkaljon Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi, deya xabar qildi O‘zA.Sufhonjon Soliyev. Foto: UzA.

Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimligida navbatdan tashqari sessiyasida viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sufhonjon Soliyev Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Tavakkaljon Rahimov kasalligi tufayli lavozimini tark etdi.

So‘nggi oylarda Rishtonda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan edi. Ko‘plab uylar buzildi, daraxtlar ayovsiz kesib tashlandi. «Gazeta.uz» bu haqda batafsil reportaj tayyorlagan edi.

Yaqinda tuman hokimiyati obodonlashtirish ishlariga 13 mingdan ziyod kishi jalb etilganini ma’lum qildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buning noqonuniy ekanini ma’lum qilib, tekshiruv boshladi.