Jahon banki (JB) 2019 yilda O‘zbekiston Yalpi ichki mahsuloti hajmini o‘sishini yanvarda prognoz qilingan 5,1 foizdan 5,3 foizgacha oshirdi. Bu haqda JBning Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi iqtisodiy vaziyat to‘g‘risidagi hisobotida so‘z boradi.

2020 yilda YAIM o‘sish ko‘rsatkichlari 5,5 foizligicha saqlab qolindi, 2021 yilda esa JB 6 foizlik o‘sishni kutmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlar ijobiyligicha qolmoqda.

Joriy yilda mamlakatda inflyatsiya darajasi, JB prognozlariga ko‘ra, 14,8 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston Markaziy banki, o‘z navbatida, yillik inflyatsiyani 13,5−15,5 foiz darajasida bo‘lishini prognozladi.

Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki 2019 yilda O‘zbekiston YAIM hajmini 2018 yil sentyabrida taxmin qilgan 5 foizdan 5,2 foizga oshirgan edi.

Mart boshida esa Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2019 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini 2018 yil noyabrda e’lon qilgan 5 foiz o‘rniga 5,5 foizga oshirdi.