Raqobat qo‘mitasi raisi Shohruh Shorahmedov Uzum va Click kompaniyalari qo‘mita ruxsatisiz birlashsa, jazoga tortilishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniyalar o‘zaro birlashgani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergan, keyinroq esa qo‘mita hali birlashuv bo‘yicha rasmiy bitim tuzilmaganini bildirgandi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Click to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashuv bitimiga oldindan rozilik olish bo‘yicha murojaat qilmaganini va kompaniyalar birlashishi to‘g‘risida rasmiy bitim tuzilmaganini ma’lum qildi.
11 millionga yaqin foydalanuvchiga ega Click to‘lov tizimi Uzum ekotizimining bir qismiga aylanadi. Birlashish natijasida Click foydalanuvchilari, jumladan, chekka hududdagilar bozor va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
ONA jamoat fondi va Uzum o‘rtasida shartnoma imzolandi. Endi Uzum Toshkentdagi tarqatish punktlariga maxsus qutilar joylashtiradi, yig‘ilgan mablag‘lar esa jamg‘arma loyihalariga yo‘naltiriladi.
«Kapitalbank» Uzum kompaniyalar guruhiga qo‘shilmoqda. Bu Uzum marketpleysi foydalanuvchilari hisobiga bank mijozlar bazasining kengayishiga yordam berishi kutilmoqda. Shu bilan birga, «Kapitalbank» ATB o‘z brendini saqlab qoladi, bank hamkorlari va mijozlari uchun shartlar o‘zgarishsiz qoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting