Click umummilliy to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashishini e’lon qildi. Birlashish bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risidagi shartnoma 12-iyun kuni Toshkentda imzolandi, deyiladi korxonalar qo‘shma bayonotida.

Uzum va Click integratsiyasi tufayli mamlakatning chekka hududlari aholisi ham ishonchli va qulay moliyaviy xizmatlar, raqobatbardosh narxlardagi mahsulotlarning ulkan assortimenti, biznesni rivojlantirish yechimlari va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kelajakda kompaniyalar Click`ni super ilovaga aylantirishni rejalashtirmoqda — bu kompaniyalar guruhining ekotizimiga kirishning asosiy nuqtalaridan biri bo‘ladi. Uzum ekotizimining raqamli mahsulotlari va servislari millionlab foydalanuvchilar uchun tanish bo‘lgan tartibda ishlashni davom ettiradi, bunda mamlakat aholisi muayyan muammoni hal qilish uchun alohida ilovadan foydalanishi mumkin, biroq shu paytning o‘zida Uzum Market xaridorlari, shu jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 180 dan ortiq tarqatish punktlarida buyurtmalarni to‘lashda yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Click ham ilgari e’lon qilingan rejalar ustida ishlashni davom ettiradi. Va birgalikda kompaniyalar kundalik muammolarni hal qilish va biznesni rivojlantirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi servislarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ular orasida avia, temiryo‘l, transport vositalariga chiptalarni bron qilish servisi, sayohat agregatori va davlat servislari bilan integratsiya bor.

“O‘zbekiston bozorida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mavjud bo‘lgan kompaniyalar tarkibiga mos keladigan kompaniya paydo bo‘lmoqda va bu dunyo misollari to‘lov, fintex va e-commerce servislarini birlashtirish iste’molchilar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirishga imkon berishini ko‘rsatadi. Uzum mamlakatning yetakchi kompaniyalari resurslari va ekspertizalari birlashmasi sifatida tashkil etilgan va bugun biz ushbu vektorga amal qilishni davom ettirib, Uzum katta oilasiga kirgani bilan yetakchi raqamli to‘lov tizimi jamoasini qutlaymiz. Click bilan birgalikda biz yanada tezroq o‘sib, endi 13 milliondan ortiq foydalanuvchilarimizning hayotini osonlashtiramiz”, — degan Uzum kompaniyalar guruhi bosh direktori Jasur Jumayev.

“12 yillik faoliyati davomida Click mamlakatdagi eng yaxshi jamoalardan birini yig‘di, natijada kompaniya to‘lovlar bozorida yetakchiga aylandi. Yangi ufqlar vaqti keldi. Uzum bilan muzokaralar davomida bizning strategiyamiz va maqsadlarimiz bir-biriga mos kelishini ko‘rdik. Shuning uchun biz ekotizim bilan birlashishdan juda xursandmiz va bunda katta istiqbollarni ko‘rmoqdamiz. Bunday keng imkoniyatlarga ega ikkita yirik o‘yinchini birlashishi bir-birining resurslarini ko‘paytirishga va yangi keng ko‘lamli vazifani — mamlakatda o‘xshash bo‘lmagan mahsulotni yaratishga imkon beradi. Click, albatta, joriy rejalar, kreditlash loyihasi, davlat xizmatlari bilan integratsiya bo‘yicha bir qator loyihalar, turizm sohasida va boshqalar ustida ishlashni davom ettiradi”, — deydi Click kompaniyasi SEO`si Ulug‘bek Rustamov.

Ma’lumot o‘rnida, Click to‘lov tizimida oyiga 37 milliondan ortiq tranzaksiyalar amalga oshiriladi, Click ilovasi 9 milliondan ortiq iOS va Android foydalanuvchilari tomonidan yuklab olingan, @clickuz Telegram boti va USSD foydalanuvchilarini o‘z ichiga olgan ro‘yxatdan o‘tishlarning umumiy soni esa 15 milliondan oshadi, bu esa kompaniyaga 11 millionga yaqin unikal foydalanuvchilarni beradi. Click mulkdorlari Uzum guruhining bosh kompaniyasi aksiyalarining ulushini olishadi, jamoa esa loyihani rivojlantirishda ishlashni davom etadi.

Uzum ekotizimiga esa tez yetkazib berish va keng assortimentga ega Uzum Market marketpleysi, Uzum Nasiya muddatli to‘lov servisi, bank aktivlari hamda Uzum Tezkor — restoran va do‘konlardan ekspress yetkazib berish kiradi.