1−2 iyul kunlari Nukus shahridagi bo‘lib o‘tgan namoyishlar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi, 243 kishi, shu jumladan, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi. Tartibsizliklarda qatnashgan 516 nafar fuqaro hibsga olindi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Navbahor» — «Paxtakor» futbol o‘yini vaqtida kelib chiqqan tartibsizliklar bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ikkala jamoaning rasmiylariga intizomiy choralar ko‘riladi. «Navbahor» futbol klubi esa keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi.
Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirganlar 100 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘ladi.
Internetda O‘zbekiston prezidentini haqoratlaganlik yoki unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.
1 dekabr kuni «Neftchi» — «Turon» o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizlikda qatnashgan 11 nafar shaxs ushlandi. Ulardan 6 nafariga nisbatan jinoiy ish ochilib, 5 nafar shaxs mayda bezorilikda ayblanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting