«tadbirkorlar» tegli maqolalar


Davlat korxonalari ustidan yanada ko‘proq nazorat o‘rnatiladi — prezident farmoni
9 aprel 2022, 13:24

Davlat korxonalari ustidan yanada ko‘proq nazorat o‘rnatiladi — prezident farmoni

Davlat korxonalarining kvazifiskal xarajatlari yaxshiroq nazorat qilinadi, davlat korxonalariga ularning faoliyatiga mos kelmaydigan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning yangi farmoni bilan davlat korxonalari uchun boshqa taqiq va cheklovlar ham joriy etilmoqda.

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman
14 mart 2022, 14:37

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman

Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.

Endi tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin
4 mart 2022, 14:55

Endi tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin

Prezident «Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin. Talabgorlar geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishi lozim. Huquq 10 yil davomida amal qiladi, geografik ko‘rsatkichni boshqa davlatlarda ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Ayrim investorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 6 oygacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi
3 noyabr 2021, 16:00

Ayrim investorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 6 oygacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan 1000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritgan mahalliy va xorijiy investorlarga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berilishi mumkin. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar va soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar bundan mustasno.

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman
1 noyabr 2021, 18:36

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor
21 avgust 2021, 22:24

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor

Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.

Prezident 20 avgustni «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi
20 avgust 2021, 16:59

Prezident 20 avgustni «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvni har yili o‘tkazish kerakligini ta’kidlab, 20 avgustni mamlakatda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif qildi.

Prezident bir guruh tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirdi
20 avgust 2021, 09:42

Prezident bir guruh tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish va byudjet barqarorligini ta’minlash yo‘lida hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorchilik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting