Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgustni tadbirkorlar kuni deb e’lon qilish g‘oyasini ilgari surdi, deya xabar beradi «Gazeta.uz» muxbiri.

Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashuvdan mamnun bo‘lganligini, bunday uchrashuvlarni har yili tashkil etib, an’anaga aylantirish kerakligi aytdi.

«Qishloq xo‘jaligi xodimi kuni bor, tibbiyot xodimi kuni bor, hammaning o‘z kuni bor, lekin tadbirkorlar kuni yo‘q. Agar sizlar rozi bo‘lsalaring, 20 avgust kunini, ya’ni bugungi kunni O‘zbekistonda „Tadbirkorlar kuni“ deb e’lon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar», — deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoyev.