«tabiiy gaz» tegli maqolalar


2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz tarif narxlari oshirilishi kutilmoqda
11 noyabr 2021, 23:13

2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz tarif narxlari oshirilishi kutilmoqda

Hisob palatasi 2022 yilda energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va issiqlik energiyasi, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari narxlari oshirilishini ma’lum qildi. Shuni hisobga olgan holda, asosiy iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Tadbirkorlar 22 kun ichida 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
26 oktabr 2021, 17:42

Tadbirkorlar 22 kun ichida 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 22 kun ichida Namangan va Andijon viloyatlari aholisining bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Noqonuniy foydalanish davrida tadbirkorlar jami 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.

O‘zbekistonliklarning tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorligi 500 mlrd so‘mdan oshgan
16 oktabr 2021, 12:48

O‘zbekistonliklarning tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorligi 500 mlrd so‘mdan oshgan

O‘zbekiston bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 501,6 mlrd so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilindi.

9 oyda 77 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi — Energetika vazirligi
8 oktabr 2021, 16:49

9 oyda 77 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 9 oy ichida 77 mlrd 877 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu 40 mingta xonadonning qariyib 1 yillik iste’moli degani. Vazirlik 4 kun o‘tkazilgan reydning o‘zida 67 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganini aniqlagan.

Urganchda ohaq ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 fevral 2021, 14:38

Urganchda ohaq ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Urganchda tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangani aniqlandi. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘m etib belgilandi.

Tojikistonning shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi
24 dekabr 2020, 14:20

Tojikistonning shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi

Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi. Ushbu gaz dastlab shahardagi sanoat korxonalariga, keyinchalik esa aholiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

2021 yilda gaz va elektr energiyasi narxlarini oshirmaslik belgilanmoqda — deputat
24 noyabr 2020, 16:16

2021 yilda gaz va elektr energiyasi narxlarini oshirmaslik belgilanmoqda — deputat

2021 yil davomida tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmasligi belgilanmoqda, deya xabar qildi deputat Rasul Kusherbayev. Bosh vazir Abdulla Aripov ushbu xabarni tasdiqlab, bu aholi uchun yengillik yaratish yo‘lida qilinayotganini ta’kidladi.

Elektr va gaz iste’moli hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha onlayn tizim yaratiladi
14 sentabr 2020, 20:45

Elektr va gaz iste’moli hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha onlayn tizim yaratiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yaxlit onlayn tizim yaratiladi. Bu maqsadlar uchun qariyb 1,2 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda. «Bu mablag‘larning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagichlarni o‘rnatish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Iste’molchi sarf qilgan energiya resursi hajmini bilish bilan tizimdagi yo‘qotishlar va o‘g‘irliklarga chek qo‘yib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting