«sug‘urta» tegli maqolalar


Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
4 mart 2024, 17:51

Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi.

O‘zbekistonda to‘rtta sug‘urta kompaniyasi litsenziyasidan mahrum bo‘ldi
6 noyabr 2023, 22:13

O‘zbekistonda to‘rtta sug‘urta kompaniyasi litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistondagi to‘rtta sug‘urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi, ulardan uchtasi oxirgi besh kun ichida litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi yaratiladi
6 dekabr 2022, 14:28

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi yaratiladi

Hukumat qarori bilan yil yakuniga qadar sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, 1 iyulgacha «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Harbiylar uchun davlat majburiy sug‘urtasidagi monopoliya tugatildi
22 avgust 2022, 16:57

Harbiylar uchun davlat majburiy sug‘urtasidagi monopoliya tugatildi

Hukumat qarori bilan «O‘zbekinvest» davlat monopoliyasining harbiy xizmatchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilish huquqi bekor qilindi. Kompaniya ushbu eksklyuziv huquqdan 2003 yildan boshlab foydalanib kelgan.

Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda
20 may 2022, 19:09

Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2022−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini tasdiqlash kutilmoqda. Unga ko‘ra, fuqarolarni baxtsiz hodisa, ish o‘rinlari qisqarishi va boshqa hollarda daromadsiz qolishdan himoyalash maqsadida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Shuningdek, 6 oy davomida uzliksiz ishlagan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining bir qismini davlat, qolganini esa ish beruvchi to‘lab berishi reja qilinayapti.

2022 yil 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi
25 oktabr 2021, 12:02

2022 yil 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi

2022 yildan 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshirilsa, 2023 yildan majburiy sug‘urtaning barcha turlarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. 2022 yil 1 iyuldan esa inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqariladi.

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalari endi ushlab turilmaydi
29 sentabr 2020, 13:49

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalari endi ushlab turilmaydi

Endilikda haydovchining yonida sug‘urta polisi bo‘lmagani sababli uning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilmaydi. Bu prezident imzolagan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarda ko‘zda tutilgan.

Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi
17 avgust 2020, 19:24

Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Deputatlar transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting