Vazirlar Mahkamasining 17 avgustdagi [454-sonli] qaroriga muvofiq, «O‘zbekinvest» kompaniyasining O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarni davlat majburiy shaxsiy sug‘urta qilish monopol huquqi bekor qilindi.

Hujjat bilan 1994 yil yanvardagi harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshirish haqidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Endilikda, hap bir yil boshlangunga qadar vakil qilingan sug‘urtalovchi va O‘zbekiston Respublikasi Mydofaa vazipligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida zarur sug‘upta shartnomalari tuziladi.

Kompaniya ushbu eksklyuziv huquqdan 2003 yildan boshlab foydalanib kelgan. Maxsus qarorning «O‘zbekinvest» monopoliyasiga tegishli 4.1 bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb qabul qilinadi.

Hukumat ushbu sohaga sug‘urta kompaniyalarini ochiq tanlovlar asosida jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Qaror ijrosini nazorat qilish iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qiskartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovga yuklatilgan.

Harbiy xizmatchilarning sug‘urta qilish sohasidagi eksklyuziv huquqni bekor qilish prezidentning 8 apreldagi qaroriga muvofiq amalga oshirish nazarda tutilgan.