Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.
Poytaxtdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlar to‘siqsiz foydalanishiga moslashtirilmagan. Metro bekatlarining ko‘plarida panduslar yo‘q, borlarida ham 45 gradus qilib o‘rnatilgan. Nogironlarning 93 foizi yerusti jamoat transportini qoniqarsiz deb baholadi. Senatorlar shaharsozlarni tanqid qildi.
Senat Kengashining reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha majlisida 2021 yilda 7214 ta go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi. Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.
Senat Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘onada aholi bandligini ta’minlashga doir ishlarni tanqid qildi. Xususan, Buxoroda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bir vaqtda boshqa sohada ham qayd etilib, hisobotda raqamlar orttirib ko‘rsatilgan. O‘tgan yilgi investloyiha ma’lumotlari esa joriy yilda qayta kiritilgan.
Senatning 18 yalpi majlisida sug‘urta faoliyati, Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Qolaversa, senatorlar Toshkent shahri va viloyati chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi va TIV hisobotini tinglaydi.
Markaziy bank yangi dizayndagi 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda.
Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.
Oliy Majlis Senati 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 12-yalpi majlisda bir qator qonunlar, shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting