«renovatsiya» tegli maqolalar


Xitoylik investorlar renovatsiya dasturi bo‘yicha Toshkentning Oqtepa massivida ko‘p qavatli uylar quradi
13 mart 2024, 14:28

Xitoylik investorlar renovatsiya dasturi bo‘yicha Toshkentning Oqtepa massivida ko‘p qavatli uylar quradi

Xitoylik investorlar Toshkentning Oqtepa massividagi eski ikki qavatli turar joylar o‘rnida ko‘p qavatli uylar quradigan renovatsiya dasturini amalga oshiradi. Buning uchun budjet mablag‘laridan foydalanmagan holda 360 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi.

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak
28 fevral 2024, 17:46

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak

“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Toshkentda 500 gektardan oshiq hudud renovatsiyaga tushgan” — poytaxt hokimi v.b.
28 fevral 2024, 09:20

“Toshkentda 500 gektardan oshiq hudud renovatsiyaga tushgan” — poytaxt hokimi v.b.

Toshkentda 500 gektardan ortiq maydondagi uy-joylar renovatsiya dasturiga kiritilgan, deya ma’lum qildi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap “talabga javob bermaydigan, ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli binolar va vaqtincha qurilib ketgan uylar” haqida ketmoqda.

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi
19 noyabr 2023, 17:37

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi

“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.

Chilonzordagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin
17 noyabr 2023, 20:27

Chilonzordagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin

Hukumat qarori bilan Toshkentning Chilonzor tumanida RSHTYOIM qarshisidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda bir qavatli uylar o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladi. Qatortol ko‘chasini turizm ko‘chasiga aylantirish, yerto‘lalarni ta’mirlashga kredit ajratish ham taklif etilmoqda.

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi
7 aprel 2023, 11:30

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p kvartirali uy buzilib, o‘rniga yangisi qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi uylar bitgunga qadar xonadon egalari 11 oy tuman/shahar hokimligi va tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan ijarada yashab turadi.

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin
2 sentabr 2020, 16:26

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin

Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting