«ozarbayjon» tegli maqolalar


Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi
10 noyabr 2020, 10:07

Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi

9 noyabr kuni tunda Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Ozarbayjon ushbu hodisa tasodifan sodir etilgani va Rossiyaga qarshi qaratilmaganligi haqida ta’kidlamoqda. Vertolyot ekipajining 2 a’zosi halok bo‘lgan.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi
26 oktabr 2020, 12:58

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi
15 iyul 2020, 18:47

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi

Tashqi ishlar vazirligi Armanistan va Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Holatning keskinlashishi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, iqtisodiy aloqalarni buzishi va mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli O‘zbekiston tomonlarni o‘ta sabr-toqatli bo‘lishga va siyosiy-diplomatik muzokalarga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting