«o‘zbek tili oyligi» tegli maqolalar


Chekinishga haqqimiz yo‘q
11 oktabr 2022, 12:00

Chekinishga haqqimiz yo‘q

1990 yillarda filologiya fanlari nomzodi M. Mirtojiyev shunday deb yozgandi: «O‘zbek tilida o‘qitiladigan chet institutlari va fakultetlarida o‘zbek tili fan sifatida o‘qitilmaydi. Bunda chet tilini unga qiyosan o‘rganish manfaatliroq ekanligi hisobga olinmadi. Axir odamlar ona tili bazasida mushohada qiladi».

«Ilmiy-texnikaviy matnlarimiz son-sanoqsiz ruscha-baynalmilal istilohlar bilan to‘lib-toshgan»
10 oktabr 2022, 12:00

«Ilmiy-texnikaviy matnlarimiz son-sanoqsiz ruscha-baynalmilal istilohlar bilan to‘lib-toshgan»

Ilmiy-texnikaviy matnlar son-sanoqsiz ruscha-baynalmilal istilohlar bilan to‘lib-toshgan. Ularning mazmunni tushunish ziyolilarga ham nasib etavermaydi. Bu hol zudlik bilan o‘zgartirishni talab qiladi, deyiladi 1990 yilda hammualliflikda chop etilgan va hozirda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan maqolada.

«Tilimizga e’tiborsizlik o‘zimizdan boshlangan»
9 oktabr 2022, 12:00

«Tilimizga e’tiborsizlik o‘zimizdan boshlangan»

1989 yil mart oyi, o‘shanda Hamid G‘ulom bildirgan fikrlar bugungi kunning yuziga oyna tutgandek dolzarbligicha qolmoqda: «Tilimizga e’tibor sezilmaydi. Tarjimonlarimiz tilimizni yaxshi bilishmaydi. Chunki rag‘bat yo‘q. Bu rag‘batni o‘zimiz so‘ndirganmiz. Tilimizga e’tiborsizlik o‘zimizdan boshlangan».

«Davlatimizga madhu sano o‘qimang, uning tiliga amal qiling»
8 oktabr 2022, 12:00

«Davlatimizga madhu sano o‘qimang, uning tiliga amal qiling»

Bundan 10 yillar avval yozuvchi Ahmad A’zam: «Davlatimizga madhu sano o‘qimang, uning tiliga amal qiling. Ustozlar o‘quvchilar shevasini adabiy tilga burib, uni o‘rgatadigan qonun majburiyatlari qayerda qoldi? Endi buni qilib bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bo‘ladi!» degandi.

Muammolar hali ko‘p
7 oktabr 2022, 12:00

Muammolar hali ko‘p

«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida 1990 yillarda turli nashrlarda chop etilgan maqolalarni berishda davom etadi. O‘sha yili Atamashunoslik qo‘mitasi raisi G‘anijon Abdurahmonov o‘zbek tilida muammolar hali ko‘pligi haqidagi fikrlari bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan.

Shahar ichi atamalari: Stoyanka, stansiya, ostanovka — hammasi ham bekat degani emas
6 oktabr 2022, 12:00

Shahar ichi atamalari: Stoyanka, stansiya, ostanovka — hammasi ham bekat degani emas

Tilshunos, adib, jurnalist umuman o‘z tilini qadrlaydiganlar — o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga, shevalardagi behisob durdonalarni yig‘ib, adabiy til mulkiga aylantirishga harakat qilmog‘i kerak. «O‘zbek tili oyligi» doirasida Suyun Qorayevning 1990 yildagi maqolasini taqdim etamiz.

Tilda hikmat ko‘p
5 oktabr 2022, 12:00

Tilda hikmat ko‘p

Til haqidagi qonunga ko‘ra, avvaliga ko‘pgina idoralar chindan ham davlat tilida ish yurita boshladi. Biroq nazorat susaygach, tashkilotlar buni yig‘ishtirib qo‘ydi. Oqibatda bugungi kunda ham ko‘p farmoyishlar, buyruqlar, ko‘rsatmalar rus tilida tayyorlanyapti. Ozod Sharofiddinovning 2004 yildagi maqolasidan parcha.

Tilimiz — g‘ururimiz
4 oktabr 2022, 12:00

Tilimiz — g‘ururimiz

«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida 1990 yillarda turli nashrlarda chop etilgan maqolalarni berishda davom etadi. O‘sha yillari Zoir Ziyoning «o‘zbek tili to‘la mustaqillikka erishishi lozim», degan gapi bugun ham o‘z dolzarb. «Bu ishda tilshunoslarimiz faollik ko‘rsatishi kerak», — degandi u.

Istilohlar tiklanishi shart
3 oktabr 2022, 12:00

Istilohlar tiklanishi shart

«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida bundan 30 yil ilgari turli nashrlarda chop etilgan maqola va fiqralarni berishda davom etadi. Mahmud Nazarovning 1990 yilda yozilgan istilohlar tiklanishi shartligi haqidagi maqolasi bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini aslo yo‘qotmagan.

Tilda machchoyi sayil
2 oktabr 2022, 12:00

Tilda machchoyi sayil

«Gazeta.uz» o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan oktabrni — «O‘zbek tili oyligi» deb e’lon qildi. Har kuni o‘tgan davrda chop etilgan va dolzarbligini yo‘qotmagan maqola hamda fiqralar qayta berib boriladi. Bu gal yozuvchi va jurnalist Ahmad A’zam ijodiga yuzlanamiz.

Qachon o‘zbekcha gapiramiz?
1 oktabr 2022, 12:00

Qachon o‘zbekcha gapiramiz?

1989 yil 21 oktabr. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan oktabrni — «O‘zbek tili oyligi» deb e’lon qiladi va dolzarbligini yo‘qotmagan maqola va fiqralarni qayta chop etadi. Birinchisi — Erkin A’zamning 1992 yilda yozilgan «Qachon o‘zbekcha gapiramiz?» maqolasi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting