«o‘quvchilar» tegli maqolalar


Maktab o‘quvchilariga kamida bitta milliy cholg‘u asbobini chalish mahorati o‘rgatiladi
3 fevral 2022, 16:38

Maktab o‘quvchilariga kamida bitta milliy cholg‘u asbobini chalish mahorati o‘rgatiladi

Prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun 205 mlrd so‘m ajratiladi.

«Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi» — SSV
2 fevral 2022, 21:23

«Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi» — SSV

Transport vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda hokimliklar avia va poyezd chiptalari xaridini tartibli ravishda tashkil etadi va doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. 50 foizlik chegirmalar esa saqlab qolinadi. «Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi», — deyiladi SSV xabarida.

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi
21 yanvar 2022, 15:11

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi

Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

2800 dan ortiq o‘quvchi sababsiz dars qoldirgani aniqlandi — XTV
14 oktabr 2021, 20:34

2800 dan ortiq o‘quvchi sababsiz dars qoldirgani aniqlandi — XTV

O‘zbekistonning 10 minga yaqin maktablarida o‘tkazilgan ikki kunlik reydlarda 2832 nafar o‘quvchi darslarni sababsiz qoldirgani ma’lum bo‘ldi. XTV xabariga ko‘ra, ularning 507 nafari internet klublarda vaqt o‘tkazayotgani, 338 nafari esa bozorda savdo-sotiq, aravakashlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

«Bolani 6 yoshdan maktabga berishga shoshilmaslik lozim» — tibbiyot fanlari doktori
16 avgust 2021, 15:38

«Bolani 6 yoshdan maktabga berishga shoshilmaslik lozim» — tibbiyot fanlari doktori

Bolani 7 yoshga yetmasdan maktabga berish qanchalik to‘g‘ri? Bunday yoshda bolaning ruhiy va jismoniy holatida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? Maktab yoshidagi bolada qanday ko‘nikmalarni shakllantirish kerak? Tibbiyot fanlari doktori, professor Shoanvar Shomansurov ushbu savollarga javob berdi.

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi
23 noyabr 2020, 11:11

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi

Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan o‘quvchilar 43-maktabdagi «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» targ‘ibot tadbiri doirasida jalb qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu maktab direktori v.b. D.Nasirdinov va uning o‘rinbosari S.Ismanova ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi.

Mutaxassis maktab o‘quvchilari immuniteti kuchsizlanishining sabablari to‘g‘risida
14 sentabr 2020, 19:06

Mutaxassis maktab o‘quvchilari immuniteti kuchsizlanishining sabablari to‘g‘risida

Maktab o‘quvchilarining immuniteti zaif bo‘lishining sabablari nimada, bolalar uchun sog‘lom uyqu va ovqatlanish ratsioni qay tartibda bo‘lishi kerak? Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedovaning tavsiyalari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting