7 fevraldan barcha ta’lim muassasalarida o‘qish an’anaviy (oflayn) shaklga o‘tkazilishi ortidan SSV chiptalar borasida muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi.

«Oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari uchun avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi», — deyiladi xabarda.

Bunda, Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan avia hamda poyezd chiptalari xarid qilinishini tartibli ravishda talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etadi.

Yuqoridagi vazirlik va idoralarda doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. «Umuman, hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi», — deyiladi vazirlik xabarida.