«kamomad» tegli maqolalar


Qoraqalpog‘istondagi neft bazasida 8,2 mlrd so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi
23 oktabr 2023, 09:38

Qoraqalpog‘istondagi neft bazasida 8,2 mlrd so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi

“O‘znergoinspeksiya” Qoraqalpog‘istondagi “Taxiatosh neft bazasi”da dizel yonilg‘isida 8,2 mlrd so‘mlik kamomadni aniqlandi.

«O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalariga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
8 fevral 2023, 17:44

«O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalariga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

2022 yilda «O‘zkimyosanoat» va tarmoqdagi korxonalarda korrupsion harakatlar, mablag‘larning talon-toroj qilinishi va qo‘shib yozishlar hisobiga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. 57 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlandi. Tizimdagi 28 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 25 nafari esa ishdan olindi.

Shofirkon tibbiyot birlashmasida 1,2 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi
4 mart 2022, 17:39

Shofirkon tibbiyot birlashmasida 1,2 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi faoliyatida 1,2 mlrd so‘mdan ko‘proq moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqladi. Birlashmada aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘langani, tibbiyot texnikalari qimmat narxda sotib olingani, pullik tibbiy xizmatdan tushgan mablag‘lar maqsadsiz sarflangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
8 fevral 2022, 20:12

Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari 57 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzarliklar, kamomad va o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Hozirda prokuratura mazkur ishni o‘rganmoqda.

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi
20 yanvar 2022, 10:08

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» jamiyati tizimida 2021 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 717,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 91,9 mlrd so‘m kamomad va o‘zlashtirishlar, 57,8 mlrd so‘m jamiyatga zarar, 219,9 mlrd so‘m boshqa xato va kamchiliklarni tashkil qildi.

Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi
18 noyabr 2021, 12:30

Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi

Andijon neft bazasida 24,3 mlrd so‘m, Jizzax neft bazasida esa 35 mlrd so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik, qolaversa, ishdan bo‘shatilgan shaxslarga oylik to‘lash, mukofot pullari va kompensatsiyalar noo‘rin hisoblangani aniqlangan edi. Jamiyatlar rahbarlari ishdan olinib, jinoyat ishi ochilgandi. Bosh prokuratura hujjatlar sudga yuborilganini ma’lum qildi.

I chorakda 211,2 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi
30 aprel 2021, 20:27

I chorakda 211,2 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti I chorakda 211,2 mlrd so‘m miqdorida byudjet kamomadi va asossiz xarajatlarni aniqladi. Qonunbuzilish holatlari XTVda 4,6 barobarga, SSVda 2,9 barobarga, MTVda 7,6 barobarga oshgan.

2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi
13 yanvar 2021, 13:36

2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi

Moliya vazirligiga ko‘ra, 2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan va bu miqdorning 168,8 mlrd so‘mi byudjetga qaytarilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting