Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Xususan, “Taxiatosh neft bazasi” MCHJda o‘tkazilgan tekshiruvda 861 ming 649 litr dizel yonilg‘isida kamomad mavjudligi aniqlandi. Bu 8 mlrd 203 mln so‘mga to‘g‘ri keladi.

Holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

To‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan, shuningdek, xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olingan.