«inklyuziya» tegli maqolalar


Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda
19 aprel 2024, 14:01

Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda

19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi mavzusiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi, so‘nggi kuni esa mahorat darslari, o‘yinlar, kitobxonlik o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida himoyasizroq — JB tadqiqoti
8 yanvar 2024, 10:00

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida himoyasizroq — JB tadqiqoti

Tabiiy ofatlar paytida nogironligi bo‘lgan shaxslar eng katta xavf ostida qolishadi, chunki favqulodda holat xabarlari va evakuatsiya yo‘llari ular uchun moslashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Jahon banki O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlar ehtiyojlarini hisobga olish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

“O‘zlashtirmaydigan bola bo‘lmaydi”. YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari — ijtimoiy himoya va inklyuziya haqida
17 noyabr 2023, 12:31

“O‘zlashtirmaydigan bola bo‘lmaydi”. YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari — ijtimoiy himoya va inklyuziya haqida

O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva
23 oktabr 2022, 14:38

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.

«Nogironlarning erkin harakatlanishlari uchun sharoitlar yetarli emas» — Senat ishchi guruhi Xorazmdagi holat haqida
22 oktabr 2022, 10:01

«Nogironlarning erkin harakatlanishlari uchun sharoitlar yetarli emas» — Senat ishchi guruhi Xorazmdagi holat haqida

UrDU kutubxonasida lift ishlamasligi sababli nogiron talaba ikkinchi qavatdagi o‘quv zaliga kira olmagan, brayl yozuvidagi barcha adabiyotlar o‘sha yerda joylashgan. Urganchdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi oldida esa ovozli svetofor va bekatlar yo‘q, avtobuslarga maxsus moslamalar o‘rnatilmagan — Senat ishchi guruhi.

Biz haqimizda bizsiz qaror: o‘zbek imo-ishora tilini uning tashuvchilarisiz rivojlantirishmoqchimi?
22 aprel 2022, 16:38

Biz haqimizda bizsiz qaror: o‘zbek imo-ishora tilini uning tashuvchilarisiz rivojlantirishmoqchimi?

Fevral oyida hukumatning o‘zbek imo-ishora tilini shaxslararo muloqot vositasi sifatida rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda yana nogironlikning ijtimoiy modeli emas, tibbiy jihatiga e’tibor qaratilgan. Karlar huquqlari faoli Ma’mur Ahliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov hujjatning xom ekanligini ta’kidlab, uni takomillashtirishni taklif qilishmoqda.

Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi
18 noyabr 2021, 11:12

Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi

23 noyabr kuni Toshkentda birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Tadbirkorlar hamda ekspertlar biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhiti odamlarning, kompaniya va jamiyatning muvaffaqiyatiga ta’siri va boshqa mavzularni muhokama qiladi.

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?
9 dekabr 2020, 13:00

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?

Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting