23 noyabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida birinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi, uning maqsadi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ish bilan ta’minlash amaliyotini ommalashtirishdan iborat.

Ish joyidagi inklyuzivlik va xilma-xillik nafaqat global tendensiyalardan biri, balki ijtimoiy yo‘naltirilgan va mas’uliyatli biznesni rivojlantirishning muhim shartidir. Masalan, Google texnologiya giganti nogironlarni ishga olish uchun maxsus dastur yaratdi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab milliardlab foydalanuvchilar uchun innovatsion IT-yechimlarni ishlab chiqish va yetkazib berish uchun raqamli mahsulotlarini ishlatib, odamlarnining manfaatlarini ifodalovchi kadrlarga muhtojligini tan oladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 1 milliardga yaqin odam yoki aholining 15 foizi qaysidir shakldagi nogironlikka ega. 2020 yilda O‘zbekistonda 781,3 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxs rasman ro‘yxatga olingan. Ammo ularning atigi 2 foizga yaqini rasman ish bilan band.

Nogironlarning bandlik darajasining bunday pastligining sabablari salbiy stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlar, ish beruvchilarning o‘zlarining mehnat fazilatlari, qobiliyatlari va iste’dodlariga ishonmasliklari, shuningdek, ochiq mehnat bozorida nogironlik asosida hamma joydagi diskriminatsiyadir.

O‘zbekistonda inklyuziya bilan bog‘liq ishlar qanday ketmoqda? Mutaxassislarning ta’kidlashicha, global inklyuzivlik tendensiyasi hali mamlakatga yetib bormagan. Bu yerda nogironlarga davlat tashkilotlari va xususiy sektorning potensial xodimlari emas, asosan xayriya va reabilitatsiya yordami oluvchilar sifatida qaraladi.

Vaziyatni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahridagi «Sharoit Plyus» nogironlar jamoat birlashmasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Birinchi inklyuziv biznes-forumni tashkil etmoqda.

Biznes va ijtimoiy soha o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lgan forum biznes va tadbirkorlik sohasida inklyuziv mehnat amaliyotini joriy etish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning munosib bandligini va ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan.

Tadbir turli shakldagi nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar uchun teng sharoitlar va to‘siqlarsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha nogironlar jamoat tashkilotlari va mahalliy tadbirkorlik subyektlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.

Oflayn va onlayn rejimda o‘tadigan gibrid formatdagi forumda yirik, o‘rta va kichik biznes vakillari muvaffaqiyatli inklyuziv bandlik tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar.

Ishtirokchilar, shuningdek, turli nogironligi bo‘lgan odamlarni ishga qabul qilishda duch keladigan muammo va qiyinchiliklarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buyuk Britaniya, Rossiya va Qozog‘istondan kelgan milliy va xalqaro ekspertlar inklyuziya bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar, o‘z malakalari va ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Go-Web.uz, UIC Group, «Imkon Uzbekistan» NTT, O‘zbekiston nogironlar uyushmasi, O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi, Centil yuridik firmasi tadbir hamkorlari hisoblanadi.

Ma’ruzachilar sifatida SmartGov Consulting, Asaxiy.uz, CARE CSR, Evos, Click, Standard Poligraf Service mahalliy kompaniyalari, shuningdek Business Disability Forum, «Perspektiva» NHJT va Training Café xalqaro tashkilotlari vakillari va ekspertlari qatnashadilar.

Forum ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali orqali ochiq mehnat bozorida nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash" Sharoit Plyus" tashkilotining pilot loyihasi doirasida va YUNISEF, BMTTD va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani yaxshilash bo‘yicha qo‘shma dasturining grant ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Ishtirok etish bepul — xohlovchilar forum.ishplus.uz.saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda ishtirok etishlari mumkin. Tadbir YouTube`da jonli efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni info@ishplus.uz elektron manziliga yozish yoki + 998−90−818−07−08 telefon raqami orqali olish mumkin.