«import» tegli maqolalar


Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi
9 dekabr 2020, 15:00

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi

Rosselxoznadzor Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqladi. Bunga sabab mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlanganligi aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ozarbayjon, Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalari hamda Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor olib kirishni ta’qiqlagan.

O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi deyarli 10 marotaba oshdi
30 noyabr 2020, 17:18

O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi deyarli 10 marotaba oshdi

Yanvar-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 781,7 ming ta mobil telefon import qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 10 baravar oshdi. Telefon importida eng katta ulush Xitoy davlatiga (71,2%) to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 oyda 30 mlrd dollarni tashkil qildi
23 noyabr 2020, 17:56

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 oyda 30 mlrd dollarni tashkil qildi

Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi 30 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi 20 ta yirik hamkor-davlat orasidan beshtasi bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan.

O‘zbekiston eksportining 43 foizini oltin tashkil qildi
23 noyabr 2020, 13:34

O‘zbekiston eksportining 43 foizini oltin tashkil qildi

Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.

Bir qator tovarlarga import bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi
23 sentabr 2020, 19:57

Bir qator tovarlarga import bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi

ITSV huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi to‘qimachilik sanoati texnologik uskunalari va butlovchi qismlari, shuningdek, yuk avtomobillari, quyultirilgan sut va boshqalar uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonga 1,7 mln dollarlik elektromobillar import qilindi
22 sentabr 2020, 15:12

O‘zbekistonga 1,7 mln dollarlik elektromobillar import qilindi

O‘zbekistonga elektromobillar importi bir necha baravar o‘sdi. Mamlakatga 8 oy davomida 73 ta elektromobil olib kelingan. Bu o‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 53 taga ko‘p.

Sement importi tartibi soddalashtiriladi
23 iyul 2020, 21:14

Sement importi tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonga sement import qilish va uni erkin muomalaga chiqarish tartiblari soddalashiriladi. Shuningdek, 2020−2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi.

Sementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
6 iyul 2020, 11:19

Sementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Ko‘zlangan tartibga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik tartibi ham belgilangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting