Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 64,6 mln dollarga teng bo‘lgan 781,7 mingta mobil telefon xorijdan import qildi.

Telefon importida eng katta ulushi bo‘lgan davlatlar:

  • Xitoy — 556,6 ming dona (71,2%);
  • Vetnam — 143,4 ming dona (18,3%);
  • Hindiston — 36,7 ming dona (4,7%);
  • BAA — 23,9 ming dona (3,1%);
  • Rossiya — 11,3 ming dona (1,4%).

Statistika qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 2019 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 79,9 mingta telefon import qilingan. Telefonlar importining umumiy miqdori 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi.