Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.
ITSV huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi to‘qimachilik sanoati texnologik uskunalari va butlovchi qismlari, shuningdek, yuk avtomobillari, quyultirilgan sut va boshqalar uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish masalasini muhokama qildi.
O‘zbekistonga elektromobillar importi bir necha baravar o‘sdi. Mamlakatga 8 oy davomida 73 ta elektromobil olib kelingan. Bu o‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 53 taga ko‘p.
O‘zbekistonga sement import qilish va uni erkin muomalaga chiqarish tartiblari soddalashiriladi. Shuningdek, 2020−2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Ko‘zlangan tartibga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik tartibi ham belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting