«gaz va elektr energiya» tegli maqolalar


25 mart 2021, 19:05

Prezident — energiya ta’minoti haqida: «Men o‘ylaymanki, korrupsiya qilish uchun bu sohani isloh qilishmagan»

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, elektr energiya va gaz sohasi «korrupsiya qilish uchun isloh qilinmagan». U 2021 yilda 5377 mahallada (60%) 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4000 ta transformatorlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Energetika vaziri o‘tgan 25 yillik davrga qaraganda so‘nggi 4 yilda 2,5 baravarga ko‘proq elektr tarmoqlari qurilganini ma’lum qildi.

11 mart 2021, 00:12

«Bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan» — Inomjon Tog‘ayev elektr va gaz ta’minotidagi qo‘shib yozishlar haqida

Inomjon Tog‘ayev Amerika Ovozi`ga bergan intervyusida gaz va elektr ta’minotidagi noreal qarzdorlik, uni aholiga to‘latish holatlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, «bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan». Shuningdek, Tog‘ayev ASKUE tizimi haqida gapira turib, «bu onlayn so‘zi nomiga bor», dedi.

11 yanvar 2021, 20:29 1

Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyatidan iste’foga chiqishini so‘radi

Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.

28 dekabr 2020, 13:25

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi

Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting