O‘zbekistonning 560 nafar davlat xizmatchisi (shu jumladan rahbarlari) o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ularning 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilgan. 81,7 foizi buning uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganini aytgan.
Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Har oy mahalla kengashida davlat organ va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi avgustga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Antikorrupsiya agentligi 2022 yil uchun davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini e’lon qildi. Unda birinchi uchtalikni Statistika agentligi, Bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi egallagan bo‘lsa, so‘nggi o‘rinlarni «Qishloqqurilish invest», «Yo‘lqurilish» va MTRK band qildi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatiladi, 24 tasining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi.
Prezident budjet xarajatlarini 10 trln so‘mga qisqartirish zarurligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi. Qolaversa, ular moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlamasligi kerak.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, vazirlik, idora va barcha budjet tashkilotlari xizmat mashinalarining 2025-yilgacha kamida 10 foizi, 2030-yilgacha 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi. Qolaversa, “tez yordam” mashinalari ham 2023−2026-yillarda elektrda harakatlanuvchi transportga o‘zgartiriladi.
Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. To‘liq ro‘yxat.
Moliya vazirligi mehnatga haq to‘lashning yagoni tizimini joriy etish bo‘yicha prezident qarori loyihasini ishlab chiqadi. Davlat organlari sonini administrativ islohotlar doirasida qisqartirish, qolaversa, hokimliklar tarkibi va boshqaruv kadrlari sonini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Prezident qarori bilan davlat organlarida 5288 ta shtat qisqartiriladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting