Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev deputatlarga OTMlarni bitirgan 214 ming nafar bitiruvchidan 126 ming nafari (59 foizi) hali ham ishsiz ekanini aytdi. Avgust-sentabr oylarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ularni joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Kongratbay Sharipov, Surayyo Rahmonova, Marko Mantovanelli, Nafisa Mo‘minova, Timoti Smart, Firuz Allayev, Bekzod Mirahmedov kabi jamoatchilik faollari “Gazeta.uz” orqali 2023/2024 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirdi.
Prezident maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ularning har biri o‘ziga xos ekanini ta’kidlab, orzu qilishdan to‘xtamaslikka, xatolardan saboq olishga chaqirdi. U yangi g‘oyalar va ishtiyoq nafaqat ularning, balki butun O‘zbekistonning hayotini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi”ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi.
So‘nggi qo‘ng‘iroq bu nafaqat maktab ta’limining oxirgi kuni, balki bitiruvchilar uchun jiddiy va muhim qaror qabul qilish vaqtidir. 25-may kuni “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi maktablar bitiruvchilaridan ularning rejalari, 5−10 yildan so‘ng o‘zlarini qayerda va qanday lavozimda ko‘rishlari haqida so‘radi.
Vazirlar, muftiy, Eldor Shomurodov, Konsta, Doniyor G‘aniyev, hokim, diplomatlar, ekspertlar, san’atkorlar, sportchilar hamda jamoatchilikning boshqa faollari 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi. “Gazeta.uz” ularni e’tiboringizga havola qiladi.
Tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etib, majburiyat o‘z kuchini yo‘qotmaganini izohladi.
16 yoshdan oshgan 122 ming nafardan ortiq yoki 31 foiz maktab bitiruvchisi haligacha pasport olmagan. Xalq ta’lim vazirligi bitiruvchilar pasportsiz (ID-karta) internet orqali oliy o‘quv yurtiga kirish uchun hujjat topshira olmasligini eslatdi.
Xalq ta’limi vazirligi 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Mass-media fondi rahbariyati, YeI elchisi, Uzbekistan Airports rahbari, Antikorrupsion agentlik direktori va Toshkent hokimi 2020−2021 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting