Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli bo‘yrug‘iga asosan umumta’lim maktablarining 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxatini tasdiqladi.

2021−2022 o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi maktablarning:

  • 9-sinf bitiruvchilari uchun — ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;
  • 11-sinf bitiruvchilari uchun — ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.