Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
Birja savdolaridagi benzin narxi o‘sishi 10 kundan keyin AYoQSHlardagi narxlarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq ayrim hududlarda allaqachon Ai-80 benzini narxi oshmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi benzinga talab oshgan vaqtda narxni asossiz oshirayotgan AYoQSHlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
«O‘zneftgazinspeksiya» ayrim AYOQSHlarda benzin kam quyilayotgani, sifatsiz yoqilg‘i sotilayotgani hamda boshqa qonun buzish holatlarini aniqladi. Jumladan, 10 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 750 millilitrgacha kam quyib berilayotgani ma’lum bo‘ldi.
«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 43 ta holatda iste’molchilarga benzin har 10 litr uchun 10 dan 740 ml gacha kam quyilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryoda AYOQSHda yong‘in kelib chiqishi natijasida payvandchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi.
1 sentyabrdan hojatxonalar bilan ta’minlanmagan AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi, ular litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Ular ushbu talabni 1 martga qadar bajarishlari kerak edi, biroq muddat uzaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting