O‘zbekistondagi narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgani uchun 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya»si «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Bundan tashqari 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi.

«Iste’molchilar kunlik extiyojidan 3−4 barobar oshiqcha avtobenzin sotib olayotganligi sababli zapravkalarda ham ma’lum vaqt avtobenzin uzilishiga sabab bo‘lmoqda. Kamchilikka yo‘l qo‘yganlar tadbirkorlarni qat’iy ogohlashtiramiz hamda fuqarolardan xavotirga tushmaslikni so‘raymiz», — deyiladi inspeksiya bayonotida.

Shuningdek, «Neftgazinspeksiya» qayd etilishicha, Termiz shahridagi «DON» xususiy firmasiga tegishli AYOQSH ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.

«Benzin narxini sun’iy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYOQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi», — deyiladi inspetsiya bayonotida.

Avvlroq, Antimonopoliya qo‘mitasi benzinga talab oshgan vaqtda narxni asossiz oshirayotgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi.