AQSh Davlat departamenti AQShning Kiyevdagi elchixonasi xodimlari va ularning yaqinlariga «Rossiya harbiy harakatlari tahdidi saqlanib qolayotganligi tufayli» Ukrainani ixtiyoriy ravishda tark etishga ruxsat berdi. Ularga tijoriy transportda mamlakatni tark etish tavsiya etildi.
AQSh senatorlar guruhi Oq uy va Davlat departamentini inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Ularning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar sustlashgan, mamlakatda erkin so‘z huquqi cheklanmoqda. OAV faoliyatida ham muammolar kuzatilmoqda.
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida AQShdan yana 300 ming doza Pfizer vaksinasini qabul qildi.
AQSh Davlat departamenti «Demokratiya uchun» sammitida ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Sammit doirasida avtoritarizmdan himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlarini hurmat qilishga ko‘maklashish masalalari ko‘tariladi. O‘zbekiston taklif etilganlar orasida yo‘q.
Rossiya diplomatining Berlindagi elchixona derazalari ostidan o‘lik holda topilgani, Bayden ma’muriyatining Saudiya Arabistoniga 650 million dollarlik qurol sotishni ma’qullagani, Ozarbayjonning Qorabog‘dagi urushda halok bo‘lganlarning 1,7 mingga yaqin jasadini Armanistonga yuborgani, Xitoyning Suriyaga mamlakatni tiklashda yordam berishda davom etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSh Davlat departamentining sobiq rahbari, prezident Jorj Bush boshqaruvi ostida ishlagan Kolin Pauell 84 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi.
Rossiyaning uchta kompaniyasi AQSh sanksiya ro‘yxatiga kiritildi. Cheklovlar Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilmasligi to‘g‘risidagi qonun doirasida joriy etildi. Rossiya kompaniyalaridan biri O‘zbekiston korxonalariga uskunalar yetkazib beradi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning AQSh davlat kotibi Entoni J. Blinken bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat kotibi AQShning O‘zbekiston bilan strategik sherikligini chuqurlashtirish istagini bildirib, O‘zbekistonning Afg‘onistonda adolatli va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishini doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.
AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqardi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 2018 yildan beri bo‘lgan.
AQSH Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistondagi investitsiya muhitga davlat monopoliyalarining ustunligi, davlat xaridlarida shaffoflikning yo‘qligi va davlat korxonalari tomonidan shartnoma majburiyatlarining izchil bajarilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting